Restoran sohasida patentlash: Brendni qanday himoya qilish mumkin?
28.05.2026

Raqobat o‘ta yuqori bo‘lgan umumiy ovqatlanish (HoReCa) biznesida restoran, kafe yoki fast-food nomini brend o‘g‘rilari va raqobatchilardan himoya qilishning yagona yo‘li — uni rasman ro‘yxatdan o‘tkazishdir. Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilarimiz va izohlarda tadbirkorlarimiz tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollardan biri ham aynan shu: Restoran sohasida patentlash qanday bo‘ladi?
Yaqinda bir foydalanuvchimiz mashhur "Qora Qasr" brendining restoran yo‘nalishida patentlangan yoki patentlanmaganligini bilib berishimizni so‘rab murojaat qildi. Biz ushbu keys misolida restoran sohasida patentlash qanchalik nozik jarayon ekanligini tahlil qilib beramiz.
Qora Qasr restorani keysi: Bo‘sh turgan nomlar qanday chalg‘itadi?
Jamoamiz intellektual mulk bazalarida maxsus tekshiruv o‘tkazganida, aynan "Qora Qasr" kombinatsiyalashgan nomi restoran va umumiy ovqatlanish (43-klass) yo‘nalishida hali to‘liq patent qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi. Bazada "Qora" va "Qasr" so‘zlari alohida-alohida tartibda patentlashga topshirilgan. Ya’ni, bugungi kun holatiga ushbu nomni restoran yo‘nalishi uchun patentlashga topshirsa, o‘tish imkoniyati va holati yaxshi.
Biroq, bu yerda har bir restoran egasi bilishi shart bo‘lgan o‘ta muhim bir qoida bor.
Bugun bo‘sh bo‘lgan nom, bir soatdan keyin band bo‘lishi mumkin
Biz dastlabki maslahatda brendning holatini "yaxshi" yoki "yomon" deb baholaymiz. Ammo shuni unutmaslik kerakki, Adliya vazirligining intellektual mulk bazasiga har kuni 100 dan ortiq yangi brendlar patentlash uchun topshiriladi.
Bu nima degani?
Bugun siz tekshirganingizda mutloq bo‘sh bo‘lgan nom, ertaga yoki bir oydan keyin ham bo‘sh turadi degani emas.
Siz o‘ylab ko‘rish yoki qaror qabul qilish uchun tanaffus qilgan bir necha soat ichida, respublikaning boshqa burchagidagi boshqa bir tadbirkor aynan shu nomni bazaga kiritib yuborishi hech gap emas.
Shuning uchun, bugun sizga aytilgan "nomingiz bo‘sh va xavfsiz" degan xulosa, ertaga o‘z kuchini yo‘qotishi mumkin.
Restoran sohasida brendni ro‘yxatdan o‘tkazishni ortga surish — kelajakda butun biznesni, dizayn, menyu, interyer va reklamaga tikilgan millionlab mablag‘larni yo‘qotish bilan tengdir.
Biz restoran brendlarini qanday patentlaymiz?
Biz har bir mijozimizning biznes xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yamiz. Siz restoran brendingizni patentlash uchun bizga rasman murojaat qilganingizda, shartnoma imolanishidan oldin aynan o‘sha daqiqadagi eng so‘nggi baza ma’lumotlari bilan qaytadan yakuniy audit o‘tkazamiz. Bu sizning arizangiz rad etilmasligi va davlat bojlari kuyib ketmasligini ta’minlaydi.
Agar siz ham o‘z restoraningiz, kafengiz yoki umumiy ovqatlanish tarmog‘ingiz nomini brendlar urushidan himoya qilmoqchi bo‘lsangiz, vaqtni boy bermang.
Hoziroq ariza qoldiring. Biz sizning brendingizni xuddi hozirgi daqiqadagi baza holati bo‘yicha bepul tekshirib, yuridik himoya choralarini boshlaymiz!
Brendingizni himoya qilishni bugun boshlang.
Bepul konsultatsiya olish