Blog va yangiliklar

Tibbiyot uskunalari va apparatlarni patentlash | 10-klass MKTU

Tibbiyot uskunalari va apparatlarni patentlash | 10-klass MKTU

Tibbiyot sohasida asbob-uskunalar, texnikalar yoki yordamchi moslamalar ishlab chiqarasizmi yoki sotasizmi? Unday bo‘lsa, brendingizni xalqaro tasnif bo‘yicha aynan to‘g‘ri sinfda patentlash juda muhim.

Tibbiy texnika va asbob-uskunalar ishlab chiqarish hamda sotish yo‘nalishi uchun 10-sinf (10-klass) tanlanadi.

10-sinfga qanday mahsulotlar kiradi?

Tibbiy apparat va diagnostika qurilmalari (qon bosimi o‘lchash, EKG, UTT apparatlari);

Stomatologik uskunalar va tish davolash asboblari;

Jarrohlik (xirurgiya) asboblari va maxsus tibbiy jihozlar;

Protezlar, implantlar va ortopedik mahsulotlar;

Nogironlar aravachasi va yordamchi tibbiy buyumlar;

Eshitish apparatlari, tibbiy ko‘zoynak va kontakt linzalari.

Muhim xato: 5-sinf va 10-sinf farqi

Ko‘pchilik tadbirkorlar ushbu ikki sinfni adashtirib qo‘yishadi:

5-sinf: Dori vositalari, farmatsevtika preparatlari va biologik qo‘shimchalar (BAA) uchun;

10-sinf: Aynan tibbiy texnikalar, apparatlar va asbob-uskunalar uchun mo‘ljallangan.

Agar siz noto‘g‘ri sinfni tanlab patentlasangiz, o‘zingizga kerak bo‘lmagan toifani himoyalab, raqobatchingizga asosiy yo‘nalishingizdagi nomni egallab olishiga imkon yaratib berasiz.

Tibbiy brendingizni xavfsiz qilish va 10-sinf bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ma'lumotlaringizni qoldiring, mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishadi.

Brendingizni himoya qilishni bugun boshlang.

Bepul konsultatsiya olish
← Barcha maqolalar