Xalqaro patentlash: Evos va Epos keysi misolida brend himoyasi
05.06.2026

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda hammamizning ko‘zimiz tushgan juda qiziqarli bir voqea sodir bo‘ldi: Qirg‘izistonda mashhur Evos brendiga o‘xshash umumiy ovqatlanish shoxobchasi ochildi. Faqatgina nomi Epos qilib o‘zgartirilgan, ammo ranglari, logotipi, shriftlari va umumiy dizayni birga-bir nusxalangan.
Bu vaziyatga ikki xil tarafdan qarash mumkin. Bir tomondan, bu quvonarli holat — demak, O‘zbekistonning milliy brendlari qo‘shni davlatlarda ham tanilmoqda, ularga havas qilishmoqda va andoza olishmoqda. Ammo biznes va brend egalari (homiylar) nuqtai nazaridan qaraganda, bu iste'molchini mutloqo chalg‘ituvchi va xavfli holatdir.
Biz ushbu keysni o‘rganib chiqdik: quvonarlisi, Evos jamoasi o‘z vaqtida harakat qilib, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va boshqa ko‘plab davlatlarda o‘z brendini xalqaro miqyosda patentlab qo‘ygan. Shuning uchun ular o‘z huquqlarini qonuniy himoya qila olishadi. Xo‘sh, sizning brendingiz-chi?
O‘zbekistondagi patent qo‘shni davlatlarda o‘tmaydi!
Ko‘plab mahalliy tadbirkorlarimiz orasida bitta katta yanglishmovchilik bor: ular brendni O‘zbekistonda patentlagan bo‘lsalar, u butun dunyoda himoyalangan deb o‘ylashadi. Vaholanki, O‘zbekistonda olingan patent faqatgina O‘zbekiston hududi ichida amal qiladi. Qo‘shni davlatlar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va h.k.) qonunchiligiga buni mutloqo aloqasi yo‘q.
Agar kelajakda qo‘shni davlatlar bozoriga chiqish, u yerda filiallar ochish yoki franshiza sotish niyatingiz bo‘lsa, xalqaro patentlash haqida hozirdan qayg‘urishingiz shart.
Eksportga intilayotgan tadbirkorlar uchun xavflar
Agar siz xalqaro patentlashni ortga sursangiz, ertaga qanday muammolarga duch kelishingiz mumkin?
1. Boshqa bir tadbirkor sizdan oldin o‘sha davlatda xuddi shu nom bilan filial ochib, brendingizni ishlatishi mumkin.
2. Eng yomoni, ular sizning nomingizni o‘sha davlatda sizdan oldin patentlab qo‘yishsa, ertaga siz o‘z brendingiz bilan u davlat bozoriga umuman kira olmay qolasiz. Hatto o‘z nomingizni qaytarib olish uchun yillar davomida sudlashishga va katta mablag‘ yo‘qotishga majbur bo‘lasiz.
Shu sababli, O‘zbekistonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan har bir brend egasiga Xalqaro patentlash (Madrid tizimi yoki hududiy patentlash) xizmatidan foydalanishni qat'iy tavsiya qilamiz.
Biznesingizni global miqyosda himoya qiling
Intelektual biznes patentlash markazi sizga o‘z brendingizni nafaqat O‘zbekistonda, balki MDH va butun dunyo davlatlarida rasman ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam beradi. Biz 4 yillik tajribamiz va 2000 dan ortiq muvaffaqiyatli keyslarimiz bilan xalqaro patentlash jarayonidagi barcha hujjatbozlik va yuridik risklarni o‘z zimmamizga olamiz.
Brendingizni o‘z vaqtida himoya qiling, uni xalqaro miqyosdagi o‘g‘riliklardan asrang!
Hozirroq ariza qoldiring, mutaxassislarimiz sizning brendingiz qo‘shni davlatlar bazalarida bo‘sh yoki bandligini bepul tekshirib berishadi.
Brendingizni himoya qilishni bugun boshlang.
Bepul konsultatsiya olish