Avtoservis va avto xizmat ko‘rsatish brendini patentlash: 37-klass qoidalari
24.07.2026

Avtoservis va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish (STO) sohasida raqobat kun sayin ortib bormoqda. O‘z brendingizni raqobatchilardan va noqonuniy nusxalashdan himoya qilish uchun uni Adliya vazirligida rasman ro‘yxatdan o‘tkazish zarur.
Yaqinda jamoamiz avtomobillarga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi "Checkoff" brendini patentga yaroqlilik bo‘yicha har tomonlama ekspertizadan (tekshiruvdan) o‘tkazdi.
Avtoservislar uchun qaysi klass tanlanadi?
Xalqaro tovar va xizmatlar tasnifiga ko‘ra, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, moylashtirish va texnik qarov yo‘nalishlari uchun 37-klass (37-sinf) eng asosiy va muhim klass hisoblanadi. Tekshiruvlarimiz natijasiga ko‘ra, "Checkoff" nomi 37-klass bo‘yicha hozircha patentlanmagan va arizani topshirish uchun holati juda yaxshi.
Muhim insayt: Nega patentlashda 100% kafolat beruvchilarga ishonmaslik kerak?
Ekspertiza natijalari qanchalik ijobiy bo‘lmasin, biz mijozlarimizga hech qachon oldindan "100% patentlab beramiz" deb soxta kafolat bermaymiz.
Agar sizga biror patent agentligi yoki mutaxassis "Brendingizni 100% patentlab beraman" deb va’da bersa, ularga ishonishga shoshilmang!
Nega?
Chunki O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisiga rad etish yoki guvohnoma berish bo‘yicha yakuniy va qonuniy xulosani faqat va faqat Adliya vazirligi hal qiladi. Bizning asosiy vazifamiz — brendingiz xavflarini maksimal darajada kamaytirish, toza nom tanlashda yordam berish va barcha hujjatlarni professional darajada topshirishdir.
Brendingizni himoya qilishni bugun boshlang.
Bepul konsultatsiya olish