IT sohasida brendni patentlash: Nega aynan 42-klass?
30.06.2026

Hozirgi kunda eng tez rivojlanib kelayotgan va raqobat eng yuqori bo‘lgan sohalardan biri — bu shubhasiz IT sohasidir. Agar siz IT yo‘nalishida o‘z biznesingizni boshlagan bo‘lsangiz yoki muvaffaqiyatli startap loyihangiz bo‘lsa, o‘z brend nomingizni va logotipingizni Adliya vazirligida rasman patentlab qo‘yishingiz shart. IT sohasi uchun aynan 42-klass (42-sinf) hisoblanadi.
Xalqaro tizimga ko‘ra, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishda jami 45 ta klass mavjud. Shundan:
1-klassdan 34-klassgacha: Mahsulot ishlab chiqarish sohalari;
35-klassdan 45-klassgacha: Xizmat ko‘rsatish sohalari hisoblanadi.
42-klass aynan nimalarni o‘z ichiga oladi?
Ushbu klass dasturiy ta'minot (software) yaratish, veb-saytlar va mobil ilovalar ishlab chiqish, IT-konsalting, bulutli texnologiyalar (SaaS) va xosting kabi barcha texnologik xizmatlarni qamrab oladi.
Patentlamaslik qanday xavflarni tug‘diradi?
Agar siz o‘z brendingizni patentlamagan bo‘lsangiz, boshqa bir tadbirkor yoki raqobatchi siz yaratgan nomni bemalol o‘zlashtirib olishi mumkin. Eng yomoni, agar ular ushbu nomni sizdan oldin patentlab qo‘yishsa, sizga o‘z brendingizdan foydalanishni rasman taqiqlashlari, domeningizni olib qo‘yishlari va hatto sizni katta miqdorda jarimaga tortishlari mumkin. Yillar davomida qilgan mehnatingiz va marketing budjetingiz bir kunda havoga uchadi.
Shuning uchun, hurmatli tadbirkorlar va IT-mutaxassislar, brendingiz xavfsizligini ortga surmang. O‘z brendingizni va 42-klass huquqlarini tezroq patentlab qo‘yishingizni maslahat beramiz.
Brendingizni himoya qilishni bugun boshlang.
Bepul konsultatsiya olish